AQSh O‘zbekistonda Smart Grid aqlli tarmoq loyihasini ishga tushirmoqda
O‘zbekistonda umumiy qiymati bir milliard AQSh dollariga baholanayotgan "Smart Grid aqlli tarmoq" loyihasi ishga tushishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda. Bugun, 28 yanvar kuni Toshkentda aynan shu loyihani amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari bilan bir qatorda AQSh kompaniyalarining rahbarlari ishtirok etib, «Smart Grid aqlli tarmoq» loyihasining elektr, gaz va suv ta'minoti hisobini yuritish va qator muammolarni oldini olishdagi roli muhokama qilindi.
“Hozirda mazkur loyiha tegishli idora vakillari tomonidan muhokama qilinib, uni amaliyotga joriy qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur tizim yangi bo‘lib, u Yevropa va Janubiy Amerika mamlakatlarida ishga tushirilgan. Loyiha Wi-Fi tizimda ishlagani sababli aholiga internetni tez yetkazib berishga va kabelli televideniyeni uzatishga yordam beradi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining kuzatuv kameralari ham shu tizim asosida ishlaydi. FVVning o‘zaro muloqotlar almashinuvi faollashuviga ham yordam beradi”, deya qayd etdi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Yoqilg‘i energetika bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat Isayev.
«Smart Grid» texnologiyalar asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol qilishning zamonaviy yondashuvi bo‘lib, u resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, elektrtarmoqli obektlarning qurilishiga ketadigan sarf-xarajatlarning sezilarli darajada kamayishiga hamda ekologiyaning yaxshilanishiga yordam beradigan katta loyihadir. Shuningdek, u "Aqlli shahar" strategiyasining eng boshlang‘ich bosqichlaridan biri sanaladi.
“Ayni damda mazkur loyihani ishga tushirish uchun barcha texnologiyalar va ish rejasi tayyor. Faqatgina shartnomani imzolash va tegishli vazirliklarning munosabatlarni o‘rganib chiqish qoldi. O‘zbekistonda, ayniqsa, Respublikaning chekka viloyatlarida mazkur tizimni ishga tushirish juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlovchi qurilmalar aholini tezkor va sifatli internet bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur tizimni ishga tushirish jarayonida mahalliy mutaxassislarni ishga jalb etamiz. Albatta, bu yangi ish o‘rinlarini ochishga ham yordam beradi”, deya ta'kidladi Maykl Alman, Amerikaning Delta Energy & Communications kompaniyasi Prezidenti.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024