Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuelaning Guaydo tomonidan tayinlangan vakilini tan oldi
Amerika prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo tomonidan tayinlangan, ushbu davlat hukumatining Qo‘shma Shtatlardagi ishonchli vakili Karlos Alfredo Vekkoni tan oldi. Bu haqda davlat kotibi Mayk Pompeo xabar bergan.
Vekko Venesuela nomidan AQShda diplomatik masalalar bilan shug‘ullanadi, deyiladi 27 yanvar, yakshanba kuni e'lon qilingan xabarda. Bu haqda Reuters ma'lumot tarqatdi.
Avvalroq, 28 yanvar kuni, ikki hafta oldin Donald Tramp respublikachi senator Lindsi Grem bilan Venesuelada harbiy kuch ishlatish imkoniyati haqida gaplashgani ma'lum bo‘lgandi. Gremning so‘zlariga ko‘ra, prezident uning Janubiy Amerika mamlakatida kuch ishlatish bo‘yicha fikri haqida qiziqqan. Senator bu masalada ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan, sababi «muammolar yuzaga kelishi mumkin».
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Guaydo Maduro bilan muzokaralardan bosh tortgani, AQSh o‘z shartini ma'lum qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026