Kolumbiya hukumati Venesuelaga qöşinlar kiritiş niyatida emas, deya xabar berdi RIA «Novosti» mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda.
«Qöşinlar bazalarda qoladi, Venesueladagi vaziyat munosabati bilan qöşinlarni kiritiş rejasi yöq va rejalaştirilmayapti», - deya qayd etib ötişgan mahkamadan.
Matbuot xizmati xabariga köra, «kemalar va samolyotlar olib ötilmagan», qurolli kuçlar va politsiyada saqlab qolinayotgan jangovar tayyorgarlik holati esa 17 yanvar kuni Bogotadagi kadetlar politsiya maktabida sodir bölgan terakt bilan boğliq.
«Kolumbiya provokatsiyalarga bormaydi va heç kimga provokatsiya qilişga imkon bermaydi, degan mudofaa vaziri Botero. Venesuelaga nisbatan ham aynan şunday siyosat saqlanib qoladi», - deya qöşimça qilişgan matbuot xizmatidan.
AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning xabar berişiça, sobiq diplomat Elliot Abrams Davlat departamentida Venesuela uçun mas'ul etib tayinlandi.
«Elliot bizning missiyamiz - Venesuela xalqiga öz mamlakatida demokratiya va farovonlikni töliq tiklaşga yordam berişda muhim ahamiyatga ega böladi», - dedi Pompeo.
Davlat kotibi sözlariga köra, Abrams u bilan Nyu-Yorkka boradi, u yerda şanba kuni BMT Xavfsizlik kengaşining Venesuela böyiça yiğilişi ötkaziladi, söng mintaqa mamlakatlariga taşrif buyuradi.
Şuningdek, Mayk Pompeoning jurnalistlarga xabar qilişiça, Vaşington Xuan Guaidoni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda, Qöşma Ştatlar uni Nikolas Maduro örniga Venesuela prezidenti sifatida tan oldi.
«Bizning xorijiy vakillarimiz biroz keyinroq prezident Guaido tomonidan resurslar qabul qilib olinişini qanday tasavvur qilişimiz haqida e'lon qilişadi. Bu unga Venesuela hukumatini oldinga olib boriş uçun kerak», - dedi Pompeo.
Öz navbatida, Xuan Guaidoning ma'lum qilişiça, mamlakat amaldagi rahbari Nikolas Maduro bilan muloqot qilişni xohlamaydi.
«Men mojaro hal bölişini istayman, ammo rejim bu tarzda javob berişga qaror qildi. Men rejim va butun dunyoga bir narsani tuşuntirmoqçiman - heç kim soxta muloqotga bormaydi», - deya ma'lum qildi u.
Şuningdek, Guaido «uzurpatsiyani töxtatiş», Venesuelada «ötiş hukumati»ni tayinlaş va «erkin saylovlar» ötkazilişi lozimligini ma'lum qildi.


















