O‘zbekiston | 23:12 / 29.01.2019
37421
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 yanvardagi PQ-4137-sonli Qaroriga muvofiq shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Asamov Anvar Damirovich Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning shu qarori bilan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Rahimov Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid