Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadan Venesuelaga bo‘sh charter samolyoti uchib ketgani ma'lum qilindi
29 yanvar kunduzi Moskvadagi “Vnukovo” aeroportidan Nordwind Airlines aviakompaniyasining 9801-raqamli charter reysini amalga oshiruvchi “Boing 777” samolyoti Venesuelaga uchgan. Ma'lum qilinishicha, yo‘lovchi samolyoti bo‘sh bo‘lgan. Bundan avval u Tailandda bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, samolyotda ikkita ekipaj bor: agar ortga parvoz hordiqsiz rejalashtirilsa, odatda shunday yo‘l tutiladi.

Flightradar24 ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotning Karakasga mahalliy vaqt bilan soat 20.10da kelishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Rossiyadan Venesuelaga guruhli sayyohlik turlari sotilmaydi. Shuningdek, Lotin Amerikasi davlatidan sayyohlar, diplomatik korpus yoki savdo xodimlarining ommaviy evakuatsiya qilinishi e'lon qilinmagan. Aviakompaniya avval Venesuelaga bunday parvozlarni amalga oshirmagan. OAVda ta'kidlanishicha, samolyot 500 kishidan iborat guruhni olib chiqib keta oladi.
Hozirda Venesuelada siyosiy beqarorlik yuz bermoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026