Jahon | 16:51 / 29.01.2019
17357
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQShni Venesueladagi hokimiyatni ag‘darishda aybladi

Foto: Aleksandr SHCHerbak/TASS

Qo‘shma Shtatlar Venesueladagi qonuniy hokimiyatni ochiqdan-ochiq ag‘darib tashlashga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonot berdi, deya xabar tarqatdi TASS.

«Bizni AQSh va uning eng yaqin ittifoqchilari Venesuelaga nisbatan qanday ish tutayotgani bezovta qilmoqda, ular xalqaro huquqning barcha qoidalarini ochiqchasiga buzishmoqda», - dedi vazirlik rahbari. Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat inqiroz konstitutsiyaga qarshi uslublar orqali hal qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

28 yanvar kuni Moskva OAVning Rossiya tomoni Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘riqlash xodimlari bilan ta'minlab bergani haqidagi xabarlarini rad etdi. Undan bir kun oldin, Rossiyadan Venesuelaga 400 nafar jangchi yuborilgani borasidagi ma'lumot ham rad etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolton Maduroga yangi choralar bilan tahdid qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid