O‘zbekiston | 19:14 / 30.01.2019
8265
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz Tanzila Norboyeva bilan suhbat uyushtirmoqda. Savollar qabul qilinadi

Kun.uz vazirliklar, idoralar rahbarlari, viloyatlar hokimlari bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan turkum suhbatlar uyushtirib kelmoqda.

Tahririyat prezidentning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha farmoniga bir yil to‘lishi, shuningdek, sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolar saqlanib qolayotgani munosabati bilan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva bilan intervyu tashkillashtirishni rejalashtirmoqda. 

O‘quvchilardan xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ushbu sohadagi muammolar, o‘z yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan savollar, taklif va shikoyatlarni yuborish so‘raladi. Bosh vazir o‘rinbosari bilan suhbatda ular yuzasidan fikr almashiladi.

Murojaatchilardan o‘z savol va takliflarini yo‘llash davomida keyinchalik aloqa o‘rnatish uchun ism familiya, to‘liq manzili va telefon raqamlarini yozib yuborish so‘raladi.

Murojaatlarni telegram orqali +998 (95) 146 23 23 raqami, savollar uchun maxsus havola yoki [email protected] elektron manziliga yuborish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid