Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekoziqovqatxolding» tugatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan vazirlik:
a) 2019 yil 1 iyunga qadar salohiyatli investorlarni qiziqtiruvchi dastlabki hisob-kitoblarga ega aniq loyihalar va boshqa ma'lumotlarni ko‘rsatgan holda har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiya hajmiga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiruvchi O‘zbekiston Respublikasining interaktiv investitsiyaviy xaritasini ishlab chiqadi va joriy qilinishini ta'minlaydi;
b) bir oy muddatda:
Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega, Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishni;
Vazirlikning tarkibiy va quyi bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar (ustavlar), shuningdek, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari tasdiqlanishini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portalida respublika hududlari eksport salohiyati, iste'mol bozorlari hajmi bo‘yicha statistik hisobotlar, sanitar va fitosanitar talablar, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning meva-sabzavot mahsulotlari bozorlariga kirishning boshqa shartlari haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan erkin foydalanish imkonini beruvchi elektron katalogning chop etilishini;
O‘zbekiston Respublikasi milliy mahsulotlari brendini, jumladan, ommaviy axborot vositalarida tanlov tashkil etish orqali ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlaydi;
v) Vazirlik, uning bo‘linmalari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq natija va maqsadli indikatorlarga erishish, tashqi savdo va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga mo‘ljallangan strategiya dasturlari sifatli va samarali bajarilishini ta'minlash asosida baholashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish choralarini ko‘radi;
g) O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda doimiy ravishda tashqi bozorlar talablarini, jumladan, xorijiy mamlakatlardagi vakolatli organlarga doimiy ravishda so‘rovlar jo‘natish orqali o‘rganadi, xorijda yuqori talabga ega mahsulotlar ro‘yxatini shakllantiradi va umumfoydalanadigan shaklda joylashtiradi;
d) tashqi bozorlarni tahlil qilish natijalari asosida mahsulotga bo‘lgan talabni, tegishli mamlakatga yetkazib berish rentabelligi va boshqa xususiyatlarni inobatga olgan holda mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ruxsatnomalar olish masalalarini hal etish maqsadida mamlakatlar va mahsulotlar ro‘yxatini har yili 5 yanvarga qadar vakolatli organlarga taqdim etilishini ta'minlaydi;
ye) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
o‘zaro hamkorlikning aniq va samarali mexanizmlarini va bozorlarda yuzaga keluvchi vaziyatlarga o‘z vaqtida ta'sir chorasini ko‘rishni nazarda tutuvchi Vazirlik huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha Kengash faoliyati to‘g‘risidagi Nizomni;
Vazirlikning bo‘linmalari va boshqa vakolatli organlarining mazkur sohadagi vakolatlarini aniq belgilagan holda, shuningdek, davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari bilan o‘zaro faoliyat yuritish mexanizmlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni;
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Texnologik rivojlanish agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Vazirlik va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “O‘zbekoziqovqatxolding” XKni tugatish choralarini ko‘radi va ushbu sohada o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuzish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
19:52 / 09.06.2026
Prezident huzurida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
21:09 / 08.06.2026
Prezident 4-mis boyitish fabrikasi loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirishni buyurdi
14:57 / 02.06.2026
Deputatlar TXMM va Enterprise Uzbekistan to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi
20:22 / 26.05.2026