Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik qiladi
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida Saudiya Arabistonining «Ajlan&Bros» korporatsiyasi bosh direktori janob Nikolas Gilani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uyushma matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
Ma'lumot uchun: «Ajlan&Bros» - tayyor to‘qimachilik kiyimlari ishlab chiqarish sohasida yetakchi xalqaro korporatsiya bo‘lib, 1979 yilda Saudiya Arabistonida tashkil etilgan. Umumiy qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lgan korporatsiya 10 dan ortiq global brend (Ferrari, Maserati, AstonMartin, Puma, Nike, Adidas, Reebok va boshqalar) bilan hamkorlik qiladi. Korporatsiyada 9 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda biznesni joriy etish istiqbollari, jumladan, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imtiyozlar muhokama qilindi. Xorijiy kompaniya vakillari respublikamizning to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati sohasidagi yutuqlarini, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi.
Xorijiy mehmonlar O‘zbekistonda tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
Ayni damda delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Loyihani joriy etish masalalarini muhokama qilish uchun Jizzax, Andijon va Navoiy viloyatlari hokimliklarida uchrashuvlar rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026