Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada Eron bilan savdoda AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish mexanizmi yaratildi
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Yevropa kompaniyalariga Eron bilan savdoda AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish imkonini beruvchi mexanizmni yaratdi. Bu haqda NRD teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.
Bosh qarorgohi Parijda joylashgan ushbu kompaniya INSTEX (Instrument In Support Of Trade Exchanges) deb nomlanadi.
Kompaniyaning vazifasi Tehron bilan savdoni kuchaytirish va Eron bilan hisob-kitoblar uchun to‘lov kanalini yaratishdir.
Mazkur kompaniya Yevropa kompaniyalarini AQSh sanksiyalaridan himoya qila olmaydi, shu bois uning xizmatlaridan Amerika bozoriga kirish eshiklari yopilishidan qo‘rqmaydigan firmalargina foydalanishi mumkin, deb yozadi DW.
Ushbu mexanizm quyidagicha ishlaydi: Eron Yevropaga neft va boshqa mahsulotlarni yetkazib beradi, ammo mahsulotlar uchun to‘lov Eron banklariga emas, Eronga sanoat mahsulotlari, dori-darmonlar va oziq-ovqat yetkazib beruvchi Yevropa kompaniyalari hisobiga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
10:00 / 06.07.2026
Kuchli issiq Yevropada o‘rmon yong‘inlarini kuchaytirdi
08:33 / 02.07.2026