Jahon | 09:16 / 01.02.2019
10848
1 daqiqa o‘qiladi

«Juda ko‘p pul yo‘qotdim»: Tramp AQSh prezidenti daromadlarini baholadi

Foto: Ron Sachs/CNP/AdMedia

Amerika yetakchisi Donald Trampning The New York Times'ga intervyuda ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti lavozimida juda ko‘p pul topishning imkoni yo‘q.

Prezidentning ta'kidlashicha, o‘z prezidentligi vaqtida faqat pullarni yo‘qotmoqda.

«Bu ishni bajarganim uchun juda ko‘p pul yo‘qotdim. Bu ish pul haqida emas», - dedi Tramp.

Shuningdek, uning aytishicha, prezidentlik muddatidagi moliyaviy zararlarni «aqlbovar qilmas raqamlar» yordamida o‘lchash mumkin. Biroq, u aynan qancha pulni yo‘qotgani va bu yo‘qotishlar nega yuz berganini ochiqlashdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoy rahbariga oid o‘z rejasini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid