Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy rahbariga oid o‘z rejasini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, yaqin vaqt ichida XXR rahbari Si Tszinpin bilan «bitta yoki ikkita» uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Uning ta'kidlashicha, ushbu uchrashuvlarning birida tomonlar yangi savdo bitimi bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin. Shuningdek, Trampning ishonch bildirishicha, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo muzokaralari 1 martgacha tugatiladi.
Prezidentning qayd etishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar hech qachon bunchalik «rivojlanmagan».
Xitoy delegatsiyasi fikricha, Qo‘shma Shtatlar bilan savdo muzokaralarining so‘nggi raundida «muhim o‘zgarishga» erishilgan. Bu haqda Xitoyning «Sinxua» davlat agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, delegatsiyadan ta'kidlashlaricha, Amerika tomoni bilan muzokaralar «ochiq, aniq va samarali» bo‘lgan.
Muzokaralar tafsilotlari ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShning Rossiya va XXR tahdid ekani haqidagi bayonotiga javob bergandi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026