Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy olimpiya qo‘mitasi: Maqsad – Tokio Olimpiadasida kuchli o‘nlikka kirish
Bugun, 1 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi tashkil etildi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov, vitse-prezident Ahmadjon Rahimov va Ijroiya qo‘mita a'zolari ishtirok etishdi.
Qo‘mita matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, yig‘ilishni Umid Ahmadjonov ochib bergan. «Bugungi yig‘ilishimizdan asosiy maqsad Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik masalasidir. MOQ Ijroqo‘m a'zolarining har biri o‘z fikrini bildirish huquqiga ega», degan u.
«Xabaringiz bor, Yaponiya mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlari uchun MOQ tomonidan strategiya ishlab chiqilgan. Bugun ana shu reja bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringizni, takliflaringizni bildirishingiz mumkin bo‘ladi», – deya davom etgan Ahmadjonov.
«Sir emaski, asosiy maqsadimiz Tokio Olimpiadasida yaxshi natija ko‘rsatib, xalqimizni, Prezidentimizni xursand qilishdir. 2019 yil lisenzion yil hisoblanadi. Shuning uchun, sport federatsiyalari bir yoqadan bosh chiqargan holda ish olib borishimiz lozim. Chunki, barchamizning maqsadimiz bir», – deya ta'kidlagan MOQ prezidenti.
Kun tartibiga binoan, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov ham so‘zga chiqar ekan, ushbu strategiyani ishlab chiqishdan maqsad va vazifalarni tushuntirib bergan. Unga ko‘ra, endilikda terma jamoa a'zolarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yangicha tizimda olib boriladi. Avvallari tayyorgarliklar jamoaviy tartibda olib borilgan bo‘lsa, endi individual tayyorgarlikka alohida e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, jismoniy va farmakologik tayyorgarlik bo‘yicha ham alohida ish olib borish lozimligi ta'kidlangan.
Yig‘ilish davomida endilikda har bir sport federatsiyasiga oshpaz biriktirilishi ma'lum qilindi. U terma jamoa diyetologi va shifokori bilan birgalikda ish olib boradi va Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarga biriktiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MOQ Tokio Olimpiadasiga litsenziya qo‘lga kiritgan har bir sportchi uchun 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti ajratishi ma'lum qilingandi. Ularning murabbiylari esa 50 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, majlisda Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan sportchilarga ham MOQ tomonidan alohida pul mukofotlari ajratilishi ta'kidlangan.
Qayd etilishicha, sportchilarning Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan yaqindan hamkorlik qilish, markaz mutaxassislari terma jamoa a'zolarining holatini doimiy ravishda nazorat qiladi. Aynan ularning tekshiruvlari, hulosalari yordamida sportchilarga murabbiy tomonidan individual yuklamalar beriladi.
Shuningdek, Bosh kotib Jasur Matchanov ham yig‘ilishda so‘zga chiqib, Olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni maxsus tuzilgan beshta komissiya yordamida nazorat qilib borilishi haqida gapirgan. Unga ko‘ra, Tokio Olimpiadasi oldidan beshta – Intizom, Sport tibbiyoti va antidoping, Hakam va inspektorlar, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha va Appelyatsion komissiya tuziladi va tegishli yo‘nalishlarda ish olib boriladi.
Mavzuga oid
21:32 / 06.02.2023
Turkiyadagi o‘zbekistonlik sportchilar holati bo‘yicha ma’lumot berildi
21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi
19:35 / 29.12.2021
Tokio-2020 g‘oliblariga atalgan yil. «Uzbekistan Sport Awards-2021» milliy mukofoti laureatlari e’lon qilindi
14:06 / 25.08.2021