Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MOQ Tokio Olimpiadasiga har bir litsenziya uchun 100 mln so‘mdan mukofot puli ajratadi
Milliy olimpiya qo‘mitasi 2020 yil Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiadaga har bir litsenziya uchun 100 million so‘m mukofot puli belgilagan. Bu haqda qo‘mita rasmiy saytida ma'lum qilindi.
«O‘zbekiston Tokio Olimpiadasida medallar soni va sifati bo‘yicha ham avvalgi natijalarni yaxshilashni niyat qilgan. Shunday ekan, litsenziyalar soni ham avvalgilarga nisbatan ko‘proq bo‘lishi lozim. Bunday rag‘bat esa sportchilarga yangi ishtiyoq taqdim etishi, ularni yangi-yangi marralar sari chorlashi shubhasizdir», - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan tennischi Denis Istomin o‘zbekistonlik sportchilar ichida birinchi bo‘lib Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida yuqori reytingga ega o‘zbekistonlik sportchilarga 10 barobargacha ko‘proq stipendiya to‘lanishi xabar qilingan edi.
«Tokio-2020 Olimpiadasida haqiqatdan ham medal olishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni ularning reytingiga qarab ajratib oldik. Ularning Milliy olimpiya qo‘mitasidan oladigan stipendiyasi boshqalariga nisbatan kamida 15 millionga farq qiladi. Ularning stipendiyasi miqdori 15 milliondan 20 milliongacha etib belgilanadi. Qolganlarniki esa 2-5 million atrofida bo‘lishi mumkin. Maqsad – sportchilar reytingda o‘zlaridan yuqorida turgan raqobatchilariga yetishga intilishsin», - deb aytgandi MOQ bosh kotibi Jasur Matchanov.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026