Sport | 17:53 / 26.12.2018
25739
5 daqiqa o‘qiladi

Alisher Sultonov Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimini tark etdi

Alisher Sultonov / Foto: Xalqaro press-klub

Bugun, 26 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasining navbatdan tashqari 33-hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qo‘mita vitse-prezidentlari, Bosh assambleya, Ijroiya qo‘mita va Taftish komissiyasi a'zolari saylandi.

Bunga qadar vitse-prezident lavozimiga jamoatchilik asosida saylangan Alisher Saidabbosovich Sultonov va Murod Berdialiyevich Azimov asosiy mehnat faoliyatidagi ish hajmi oshgani, davlat xizmatlari yuzasidan muhim topshiriqlar va davlat ahamiyatiga molik yirik dasturlar ijrosiga mas'ul ekani inobatga olinib, ularning o‘rniga boshqa nomzodlar o‘rganib chiqilgan.

O‘rganishlar natijasida O‘zbekiston taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi raisi Ahmadjon Aminjonovich Rahimov va Osiyo Kurash Konfederatsiyasi prezidenti Komil Ismoilovich Ro‘ziyev nomzodlariga ishonch bildirildi va ular bir ovozdan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti etib saylandi.

Ahmadjon Rahimov / Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Komil Ro‘ziyev / Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bugungi kungacha Bosh assambleya va Ijroqo‘m a'zolarining ayrimlari boshqa ishga o‘tganligi sababli, shuningdek, oldin saylangan ba'zi nomzodlar qo‘mitaga a'zo bo‘lish bilangina kifoyalanib, uning faoliyatida biror-bir tashabbus ko‘rsatmaganligi uchun Bosh assambleya va Ijroqo‘m tarkibi qayta ko‘rib chiqildi. 

Ijroiya qo‘mitaning yangilangan tarkibiga quyidagi nomzodlar ovozga qo‘yildi va bir ovozdan qo‘mita a'zoligiga saylandi:

1. Umid Ahmadjonov – Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti
2. Jasur Matchanov – Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi
3. Ahmadjon Rahimov – Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti
4. Komil Ro‘ziyev – Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti
5. Salim Abduvaliyev – Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti
6. Saida Mahmudova – O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi
7. Andrey Abduvaliyev – O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi
8. Xudoyor Ahmedov – O‘zbekiston «Rowing and Canoeing» federatsiyasi raisi
9. Alamjon Mullayev – O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi
10. Bahrom Gaziyev – O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi
11. Otabek Imomov – O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi
12. Aziz Komilov – O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi
13. Bahodir Ahmedov – O‘zbekiston chim usida xokkey federatsiyasi raisi
14. Shahrillo Mahmudov – O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari
15. Kozim O‘rinboyxo‘jayev – O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari
16. Shoikrom Isroilov – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining vitse-prezidenti
17. Eldor Anorboyev – O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bosh kotibi
18. Igor Shepelov – O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi
19. Ruslan Mustayev – O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisi o‘rinbosari
20. Marat Qurbonov – boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
21. Ulug‘bek Mirhaydarov – O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi
22. Komil Yarashev – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasi 27ta federatsiya rahbarlari va Ijroiya qo‘mitaning bugun saylangan a'zolaridan iborat bo‘ladi.

Ijroqo‘m a'zolaridan Saida Mahmudova O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini rivojlantirish bo‘yicha  mas'ul sifatida biriktirildi.

Saida Mahmudova / Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Shuningdek, yig‘ilishda MOQ Taftish komissiyasi a'zolari tarkibi ham qayta ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Komil Yarashev, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bosh hisobchisi Saida Imomgaliyeva va O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi bosh hisobchisi Surayyo Po‘latxo‘jayeva taftish komissiyasi a'zosi etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, tashkilotning amaldagi prezidenti Umid Ahmadjonov va bosh kotib Jasur Matchanov shu yilning yanvar oyidan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritmoqda.

Mavzuga oid