Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda samolyot nosozlik sababli uch marotaba aeroportga qaytishiga to‘g‘ri keldi
Hawaiian Airlines aviakompaniyasining Los-Anjyelesdan Maui oroliga yo‘lovchilarni yetkazishi kerak bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti texnik nosozliklar sababli bir kun ichida uch marotaba aeroportga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Bortida 200 dan ko‘proq yo‘lovchi bo‘lgan samolyot havoga ikki marta ko‘tarilib, so‘ngra ortiga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Samolyot uchinchi marta parvozga shaylanayotganda parvozni to‘xtatishga qaror qilingan. Shundan keyin reys bekor qilingan.
Aviakompaniya vakilining aytishicha, har bir holda bir-biri bilan bog‘lanmagan, turli tizimlarning nosozligi qayd qilingan.
Yo‘lovchilarga manzilga boshqa reyslar bilan yetib olish taklif qilingan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
08:36 / 15.05.2026