Kongressmen Tulsi Gabbard AQSh prezidentligi uchun kurashga kirishdi
Amerika kongressi vakillar palatasi a'zosi Tulsi Gabbard 2020 yilgi AQSh prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovda qatnashish uchun kurashga kirishganini ma'lum qildi. Uning chiqishi Twitter sahifasi orqali translatsiya qilindi.
"Prezident Tramp o‘z kampaniyasi chog‘ida rejimlarni o‘zgartirish maqsadidagi urushlarga qarshi chiqishini aytgandi, ammo endilikda atrofini o‘rab olgan neokonservatorlarning istaklarini bajarmoqda. U o‘zi qarshi chiqqan davlatlarda rejimlarni o‘zgartirish uchun urushga chaqirmoqda, bu safar Venesuela va Eronda", - dedi u.
Gabbard AQSh prezidenti bo‘lsa "sovuq urushni to‘xtatish" va yadroviy nizo xavfini kamaytirish ustida ishlashini aytdi.
AQSh prezidentligi uchun saylov 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
09:51 / 06.10.2024
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024