Jamiyat | 09:02 / 06.02.2019
9220
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda tezkor tadbir: 5,5 kilogrammdan ortiq “marixuana” olindi

2019 yil 2 fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Chuvulloq qishlog‘ida yashovchi X.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi salonidan 95 gr, shuningdek, uning uyi yerto‘lasidan 5 kg 439 gr “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, u daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid