Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 364 kilometrlik elektr uzatish liniyasi quriladi
So‘nggi yillarda mamlakatda, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shular qatori energiya samaradorligi va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash borasida ham ulkan ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati.
Davlat rahbarining 2016 yil 2 iyundagi qaroriga asosan, “Taxiatosh IES – “Xorazm” nimstansiya – Sarimoy aholi punkti (Xorazm viloyati) 220 kVtli elektr uzatish liniyasi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida umumiy uzunligi 364 km. bo‘lgan 220 kVtli Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan “Xorazm” nimstansiyasi hamda Sarimoy aholi yashash joyigacha yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi qurilishi rejalashtirilgan. Loyihada Xorazm viloyatida joylashgan “Xorazm” nimstansiyasini kengaytirish va qayta qurish hamda nimstansiyada joylashgan quvvati 125 MVA.li ma'naviy eskirgan ikkita avtotransformator o‘rniga quvvati 200 MVA. bo‘lgan zamonaviy avtotransformatorlarga o‘zgartirish va Sarimoy aholi yashash joyiga yaqin 220 kVtli qayta ulagich punktini qurish rejalashtirilgan. Loyiha bo‘yicha 56 ishchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur loyiha energotizimning Shimoliy-G‘arbiy hududi hamda Xorazm viloyati iste'molchilarining elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi tanqisligini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, magistral elektr tarmoqlari faoliyatining ishonchliligini oshirib, iqtisodiyot sohalari iste'molchilari va aholini uzluksiz elektr ta'minoti bilan ta'minlaydi hamda uskunalarning kapital ta'mirlash xarajatlarini kamaytiradi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:23 / 28.04.2026