Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekda patrul militsiyasi tashkil etiladi
Qirg‘iziston bosh vaziri Muxammadkaliy Abilgaziyev Bishkekda 2019-2020 yillarda sinov loyihasi doirasida militsiya patrul xizmati boshqarmasini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash haqidagi buyruqni imzoladi.
Loyiha Qirg‘iziston poytaxtida 2019-2020 yillarda amal qiladi. Uning asosida ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bosh boshqarmasini militsiya patrul xizmatiga o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Yangi xizmatga ishga olish tanlov asosida olib boriladi. Barcha da'vogarlar majburiy qo‘shimcha o‘qishdan o‘tadi. Korrupsiya holatlarini minimallashtirish maqsadida xodimlarga yuqori maosh to‘lanadi.
Xizmat zimmasiga yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashdan tashqari, jamoat xavfsizligini ta'minlash va qoidabuzarliklar oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish, “102” xizmatiga kelib tushuvchi murojaatlarga tezkor javob berish majburiyatlari yuklanadi.
Patrul militsiyasining ilk xodimlari 1 iyuldan o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026