Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIB surishtiruvchisiga pora bergan shaxs qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida 5 fevral kuni tuman IIB huzuridagi TB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi S.D. Muborak tumani IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 4 fevral kuni “Shirinbuloq” YPX maskanida Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi G‘.X. boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasi yukxonasidan Xorazm viloyati Gurlan tumani Soxtiyon MFYda yashovchi R.B. tegishli 150 qop ammiakli selitra mineral o‘g‘it mahsuloti borligi aniqlanganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borish jarayonida R.B. avtomashinani musodara qilmaslik va ishni uning foydasiga hal qilib berish evaziga xodimga pora sifatida 4 mln. so‘m pulni taklif etgani ma'lum bo‘lgan.
Ushbu bildirgi yuzasidan 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizlik boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Muborak tumani bo‘limi va Muborak tumani prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida R.B. pora sifatida 3 mln. 819 ming so‘m pulni xodimning xizmat xonasida unga bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 6 fevral kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026