Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yuk mashinasi AYoQShda yonib ketdi. Ikki kishi kasalxonaga yotqizildi
2019 yil 5 fevral kuni soat 00:24larda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi Sh.M. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yuk avtomashinasida Xo‘jaabdijabbor qishlog‘ida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYoQSh)ga kelgan vaqtida ushbu avtomashinada yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda yuk avtomashinasi to‘liq yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida haydovchi Sh.M. va shu AYoQSh ishchisi A.R. kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilganlar.
Yong‘in elektr simlarini qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026