Jahon | 14:07 / 08.02.2019
26957
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Venesuelaga harbiy yordam to‘g‘risidagi xabarlarga javob qaytardi

Foto: REUTERS

Rossiyaning Tashqi ishlar vazirligi Lotin Amerikasi departamenti rahbari Aleksandr Shchetininning aytishicha, Karakas Moskvaga Rossiya harbiy yordami taqdim etilishi haqida iltimos bilan chiqmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning qayd etishicha, vazirlik strategik hamkorlarning iltimoslarini diqqat bilan ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi.

«Ushbu masala bo‘yicha iltimosnoma - yo‘q, kelib tushmadi», - dedi Shchetinin.

Avvalroq, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh Venesuelada hokimiyatni kuch bilan o‘zgartirishga qaratilgan ssenariylarni ishlab chiqayotgani haqida aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Maduroga Rossiyadagi do‘stlari yoniga jo‘nab ketish taklif qilingandi.

Mavzuga oid