Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatni tark etişi va hokimiyatni vaqtinçalik hukumatga topşirişi kerak. Bu haqda AQŞning Venesuela böyiça maxsus vakili Elliot Abrams ma'lum qildi, deya xabar beradi The Washington Post.
Uning sözlariga köra, Vaşington Maduroga aniq bir davlatga borişni tavsiya qilmayapti. Şu bilan birga, Abramsning eslatişiça, venesuelalikning Kuba va Rossiyada «döstlari» bor. Şuningdek, maxsus vakilning jurnalistlarga xabar berişiça, prezidentni lavozimidan ketişga rozi bölgan taqdirda qabul qilişga tayyor bölgan boşqa davlatlar ham bor.
Bundan taşqari, Abramsning sözlariga köra, AQŞ Konstitutsion assambleya - Maduro tomonidan taşkil etilgan va uni qöllab-quvvatlovçi qonunçilik organining qator a'zolaridan vizalarni qaytib oldi. Ularning ismi oşkor etilmayapti.
Elliot Abrams AQŞ Venesuela muxolifatining yetakçisi va parlament spikeri Xuan Guaydoni respublika muvaqqat prezidenti sifatida tan olganidan söng maxsus vakilga aylandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pompeo Venesuelaga Rossiya va Kubadan mustaqil bölişni tilagandi.


















