Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 242 mln so‘mlik dori-darmonlarni o‘g‘irlab ketishdi
Foto: Getty Images
2019 yil 7 fevral kuni Samarqand shahrida yashovchi A.T. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 25 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Beruniy ko‘chasida joylashgan korxona omborxonasidan umumiy qiymati 242 952 533 so‘mlik, 129 turdagi dori-darmon vositalarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani Xashdala ko‘chasida yashovchi A.A. va Muqimiy 7-berk ko‘chasida yashovchi Z.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:51 / 24.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
08:31 / 15.01.2026