Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu o‘z shaxsiy rekordini yangilab, A Seriya tarixiga kirdi
Foto: AFP
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 23-turida «Sassuolo» darvozasini ishg‘ol etdi, uchrashuv uning jamoasi foydasiga 3:0 hisobida yakun topdi.
E'tiborlisi, Ronaldu Italiya chempionatida qatorasiga to‘qqizinchi safar o‘yinida gol muallifi bo‘lmoqda. Bu – nafaqat uning shaxsiy karerasidagi, balki A Seriya tarixidagi eng uzoq seriya hisoblanadi.
Shu bilan birga, portugaliyalik yulduz 2018/19 mavsumidagi barcha musobaqalarda urgan gollarini sonini 20taga yetkazdi. U qatorasiga 13-mavsumda kamida 20ta to‘p kiritib kelmoqda. Krishtianu «Manchester Yunayted» safida 3 mavsum, «Real»da 9 mavsum davomida 20 va undan ko‘proq marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu A Seriya to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda. Uning hisobida 23 o‘yinda urilgan 18ta gol va 7ta samarali pas bor.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025