Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Rossiyadan bepul 50 ming tonna bug‘doy berishni so‘radi
Shimoliy Koreya hukumati Rossiyadan 50 ming tonna bug‘doy hajmida gumanitar yordam ko‘rsatishni iltimos qildi. Rossiya Federatsiya kengashining xalqaro masalalar qo‘mitasi boshlig‘i Konstantin Kosachyovning ma'lum qilishicha, Pxenyan o‘z iltimosini 2018 yilgi tabiiy ofatlar sababli mamlakatda oziq-ovqat bilan bog‘liq murakkab vaziyat vujudga kelgani bilan izohlagan.
Senatorning aytishicha, ayni vaqtda Rossiyaning tegishli idoralari ushbu masalani ko‘rib chiqishmoqda. Uning ta'kidlashicha, Rossiya Shimoliy Koreyaga yordam berishni davom ettirmoqda.
Kosachyov Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi elchisi bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish uchun Shimoliy Koreyaga solingan sanksiyalar xalaqit qilishini ta'kidlab o‘tgan.
2017 yilda Rossiyada 135,4 mln tonna g‘alla, jumladan 86 mln tonna bug‘doy hosili olingan. 2018 yilda bug‘doy hosili 70 mln tonnaga yaqinni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026