Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kompaniyasi Venesueladan 500 mln dollar talab qildi
Amerikaning Owens-Illinois kompaniyasi Venesuela hukumatiga qarshi 500 million dollarlik da'vo arizasi bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Owens-Illinois Venesuela hukumati tomonidan o‘z fabrikalari davlat mulkiga aylantirilgani munosabati bilan sudga murojaat etgan.
Ta'kidlanishicha, Venesuelada kompaniyaga tegishli bo‘lgan ikkita fabrika 2010 yilda respublika hukumati tomonidan davlat mulkiga aylantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Rossiya va Xitoy Maduroni emas, balki o‘z investitsiyalarini himoya qilayotgani haqida aytgandi.