Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gorbachyov AQShning raketalar bo‘yicha qarorini baholadi
SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov AQShning O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimdan chiqish haqidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda «Vedomosti» xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «mutlaq harbiy ustunlikka» erishish uchun bitimdan chiqib ketishga intilmoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington «o‘z irodasini butun dunyoga o‘tkazishni xohlaydi».
Gorbachyovning ta'kidlashicha, bu kabi harakatlar yangi qurollanish poygasiga olib kelishi mumkin.
SSSR sobiq prezidenti AQShni Rossiya bilan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muloqotni boshlashga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gorbachyov jahondagi qarama-qarshilikning yangi bosqichini taxmin qilgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026