Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka va go‘sht yetkazib bermoqchi
Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka, mol go‘shti va boshqa mahsulotlar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashev shunday rejalar haqida ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Jamshid Xo‘jayevning qirg‘izistonlik hamkasblari bilan muzokaralari davomida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik, urug‘chilik va agrar sohaning boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
Avvalroq, Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Janibek Kerimaliyev parlament majlisida Murashov O‘zbekistonda bo‘lib turgani, u yerda kartoshkani sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishi haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
09:55
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024