Jahon | 14:44 / 13.02.2019
41573
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada O‘zbekiston va Qirg‘izistondan bo‘lgan 35 nafar ayol qo‘lga olindi

Foto: Videodan kadr

Turkiyada politsiya fohishaxonalarni fosh etdi, u yerda O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi.

Haberler ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar Istanbulning 7 tumanida o‘tkazildi, ular yakuni bo‘yicha 85 kishi qo‘lga olindi. «Ular orasidagi 35 nafar ayol Qirg‘iziston va O‘zbekistondan ekani aniqlandi. Jinoiy guruh ijtimoiy tarmoqlar orqali ularni topib, aloqa o‘rnatgan», - deyiladi xabarda.

Turk portali ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan 85 nafar shaxsdan 20 nafariga odam savdosi, fohishalikni tashkil etish va shu ish bilan shug‘ullanishga majburlash ayblovi qo‘yildi, boshqa 30 nafar shaxs so‘roq qilinmoqda. Barcha 35 nafar ayol deportatsiya qilinadi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid