O‘zbekiston | 13:55 / 14.02.2019
5234
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro aviaqatnovlar sonini oshiradi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro aviaqatnovlar sonini haftasiga 22tadan 32tagacha ko‘paytiradi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston aviatsiya ma'muriyatlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar natijasida mamlakatlar orasidagi aviaqatnovlar soni ko‘payadi, deya ta'kidlab o‘tishgan Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasidan.

Xususan, 2019 yil bahor-yozgi mavsum boshlanishi bilan «Eyr Astana» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» Olmaota hamda Toshkent shaharlari o‘rtasidagi reyslar sonini 7tadan 10tagacha oshiradi. Shuningdek, Ostona va Toshkent shaharlari orasida reyslar har bir tomondan 4tadan 6tagacha ko‘payadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid