Jahon | 15:22 / 15.02.2019
7248
1 daqiqa o‘qiladi

Parij metrosida kislotadan foydalanib hujum uyushtirildi

Foto: Francois Mori / AP

Parij metrosida kislota yordamida hujum qilindi, deb xabar berdi Le Parisien va France Info radiostansiyasi.

Radiostansiyaning ma'lumot berishicha, hodisa Gare de Lyon va Bastille bekatlari oralig‘ida yuz bergan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda ekanligi, hujum qilgan shaxs qidirilayotgani aytilmoqda. Hujum qilishda foydalanilgan kislota tekshiruv uchun jo‘natilgan.

Le Parisien gazetasining aniqlik kiritishicha, jabrlangan shaxs 20 yoshli sayyoh bo‘lib, uning yuzi va qo‘llari kuygan. Nashrning yozishicha, bu keyingi kunlarda yuz bergan birinchi hodisa emas: chorshanba kuni metroda ikki yo‘lovchi o‘rindiqlar ostida qoldirib ketilgan shisha idish ichidagi kimyoviy moddadan zaharlangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid