O‘zbekiston | 09:10 / 15.02.2019
14048
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolanmagan

Foto: Pinterest

O‘zbekiston va Rossiya RFdan O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha hukumatlararo bitimni hali ham imzolamadi. Bu haqda Rossiya OAV RF Energetika vazirligi rahbari Aleksandr Novakka asosan xabar bermoqda.

Avvalroq, 2018 yil noyabrida Novak RF yil oxirigacha hukumatlararo bitimni muvofiqlashtirib olish niyatida ekani haqida aytgani xabar qilingandi. Uning ta'kidlashicha, hujjat bo‘yicha ishlar texnik masalalarga aloqador - neftni yetkazib berish, neft sifati va hokazo.

2018 yil aprelida Novak Rossiya va O‘zbekiston neft yetkazib berish bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzolash to‘g‘risidagi muzokaralarning yakuniy bosqichiga kirishganini xabar qildi. «Transneft» vitse-prezidenti Sergey Andronov qayd etishicha, Rossiyadan O‘zbekistonga 2018 yilga neftni quyish uchun murojaatlar 500 ming tonnani, 2019 yilga esa - 1 million tonnani nazarda tutadi.

Sentabr oyida «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Alisher Sultonov RIA Novosti’ga kompaniya 2018-2020 yillar davomida yiliga 1 million tonnagacha neft import qilishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumot bergandi. 2021 yildan boshlab, Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash majmuasi ishga tushirilganidan so‘ng, import hajmi yiliga 5 million tonnagacha oshirilishi kerak edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid