Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ovechkin Tramp bilan Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar haqida gaplashmoqchi
Foto: Ilya Pitalev / RIA Novosti
Milliy xokkey ligasidagi «Vashington Kepitals» klubining rossiyalik hujumchisi Aleksandr Ovechkin Stenli kubogidagi g‘alabaga bag‘ishlab AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Trampdan nima haqida so‘rashini aytdi. Uning so‘zlarini «Sport-Ekspress» keltirmoqda.
Ovechkin Tramp bilan uchrashuvga albatta borishini aytgan. Xokkeychining so‘zlariga ko‘ra, u Trampdan AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar qachon yaxshilanishini so‘ramoqchi.
Ovechkinning qayd etishicha, u siyosatdan uzoqda.
«Siyosat bu alohida suhbat. Men uchun eng asosiysi, hamma sog‘-salomat va dunyoda tinchlik bo‘lishidir», — degan hujumchi.
Ovechkin 2005 yildan buyon «Vashington» tarkibida o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda u faoliyatida ilk bor Stenli kubogini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025