Jahon | 08:48 / 19.02.2019
22812
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning 16 shtati Trampni sudga berdi

Foto: REUTERS/Yuri Gripas

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatini Qo‘shma Shtatlarning 16 shtati sudga berdi. Bu haqda The New York Times sud hujjatlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, sudga murojaat qilish Tramp Amerika-Meksika chegarasida devor qurishga 8 mlrd dollar olish uchun foydalanishga qaror qilgan, favqulodda holat to‘g‘risidagi deklaratsiya bilan bog‘liqdir.

«Dushanba kuni ichida Kaliforniya va Nyu-York ham bo‘lgan, 16 shtatdan iborat koalitsiya prezident Trampni sudga berdi», - deb yozadi nashr.

Aniqlik kiritilishicha, sudga murojaat qilganlar prezidentning pul mablag‘larini devor qurish uchun yo‘naltirishga haqi yo‘q, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShdagi inson huquqlarini himoya qilish guruhlari migrantlarga nisbatan siyosati munosabati bilan Amerika yetakchisi Donald Tramp ma'muriyatini sudga bergandi.

Mavzuga oid