Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ma'muriyatini sudga berishdi
Foto: Jacquelyn Martin/AP
AQShdagi inson huquqlarini himoya qilish guruhlari migrantlarga nisbatan siyosati munosabati bilan Amerika yetakchisi Donald Tramp ma'muriyatini sudga berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, huquq himoyachilari AQShga mamlakat janubiy chegarasi orqali kelayotgan, asli Meksikadan bo‘lmagan migrantlar ularning Qo‘shma Shtatlarda boshpana olish bo‘yicha so‘rovini ko‘rib chiqish vaqtida Meksikaga qayta jo‘natilishi qonunga zid holat, deb hisoblaydilar.
Kaliforniyadagi AQSh Okrug sudiga berilgan da'vo arizasida aytilishicha, Amerika ma'muriyatining siyosati boshpana izlovchi shaxslarni xavf ostiga qo‘yadi, shuningdek, ularning himoyaga ega bo‘lish huquqini buzadi. Qayd etilishicha, bu shaxslar Amerika va xalqaro huquqqa muvofiq himoyaga ega bo‘lishi kerak.
Amerika fuqarolik erkinliklarini himoya qilish uyushmasi va boshqa inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar tomonidan da'vo arizasi berilgan, deya aniqlik kiritadi Reuters.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShdagi noqonuniy migrantlar sonini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025
AQShda o‘n minglab migrantlarning himoya maqomini bekor qilishga ruxsat berildi
21:12 / 18.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
20:33 / 13.08.2025