Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya sobiq bosh vazirining ota-onasi hibsga olindi
Italiya sobiq bosh vaziri Matteo Rensining ota-onasi firibgarlik va o‘z kompaniyalarini atayin bankrot qilishga olib borishda gumonlanib uy qamog‘iga olindi. Bu haqda ANSA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, florensiyalik ishbilarmonlar Tisiano Rensi va Laura Bovoli bundan avval ham bir necha marotaba bankrotlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha gumonlangan. Hozirgi vaqtda ular yana jinoiy sxemalardan foydalanishda gumon qilinmoqda. Er-xotin tergov ostida, sababi 2013 yildan beri hech qachon ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun yolg‘on hisob yozib berib kelishgan, shuningdek, o‘z qo‘l ostidagi kooperativlarni atayin bankrotlik yoqasiga olib borishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya va Italiya o‘rtasida diplomatik mojaro avj olayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026