Jahon | 09:52 / 20.02.2019
18887
1 daqiqa o‘qiladi

Asqar Akayev Qirg‘izistonda akademiklar ro‘yxatidan chiqarib yuborildi 

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev Qirg‘iziston Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi akademiklari ro‘yxatidan chiqarib yuborildi. Bunday qaror 20 fevral kuni akademiklar va muxbir a'zolar tomonidan Fanlar akademiyasining yillik sessiyasida bir ovozdan qabul qilindi.

Foto: Akipress

Qayd etilishicha, buning sababi - Akayev boshqa mamlakatda yashaydi.

Foto: Akipress

Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli yana uch nafar akademik ro‘yxatdan chiqarib yuborildi. Ular orasida Mambet Mamakeyev ham bor.

Umumiy majlis Qirg‘iziston Respublikasi Fanlar akademiyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid