O‘zbekiston | 09:11 / 21.02.2019
24533
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Tojikiston chegarasida yana bitta chegara posti ochiladi

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegarada yangi nazorat-o‘tkazish punkti paydo bo‘ladi. Bu haqda kant.kg Tojikiston parlamenti matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

Parlament quyi palatasi yig‘ilishida deputatlar bir ovozdan O‘zbekiston bilan chegarada yana bir chegara postini ochish to‘g‘risidagi parlamentlararo bitimni ratifikatsiya qilishdi.

Ta'kidlanishicha, «Bobotog‘» nazorat-o‘tkazish punkti Tojikistonning Hisori va O‘zbekistonning Uzunini bog‘laydi. Faqat ikki chegara davlatning fuqarolari bu postdan o‘tishi mumkin.

Ma'lumki, yigirma mingga yaqin kishi har kuni mamlakatlar o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegarasi bir ming uch yuz kilometrni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid