Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ortiq Xudoyberganov yangi lavozimga tayinlandi
Toshkent viloyati IIBda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, podpolkovnik Ortiq Tursinxonovich Xudoyberganov Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
polkovnik Saidkarim Hamidxo‘jayevich Alimov Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - jazoni ijro etish bo‘limi boshlig‘i;
mayor Dilmurod Rixsiboyevich Zufarov Tibbiyot bo‘limining davolash-profilaktika muassasalari Harbiy tibbiy komissiya Rais-shifokori lavozimidan ozod etilib, Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Ortiq Xudoyberganov 2018 yil 14 iyun kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
15:49 / 21.01.2026
“Ishonch yo‘qligi sabab ulardan qahramon yasashdi” – faollar Taftish.uz ishi haqida
13:00 / 21.01.2026
Ichki ishlar idoralari xodimlaridan qanchalik rozisiz?
19:53 / 16.01.2026