Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi yanvar oyida keskin kamaydi
Foto: Depositphotos
Tojikiston-O‘zbekiston tovar aylanmasi hajmi joriy yilning yanvar oyida 10,2 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 35 foizga kam. Bu haqda Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligi xabar berdi, deb yozmoqda «ASIA-Plus».
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ikki tomonlama savdoning kamayishiga O‘zbekistonga eksport qilinuvchi tojik mahsulotlari miqdori keskin pasaygani sabab: o‘tgan yilning yanvar oyidagi qariyb 9 million dollardan joriy yil yanvar oyidagi 2,5 ming dollargacha.
O‘tgan yilning yanvar oyida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 15,8 million dollarni tashkil qilgan.
Tojikiston tomonidan o‘zbek tovarlarini import qilish ham qisqargan, ammo nisbatan kamroq darajada: 6,7 million dollardan 3,2 million dollargacha.
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi to‘rt yilda deyarli 12 barobarga o‘sdi, 2014 yildagi 13 million dollardan 2018 yildagi 155 million dollargacha.
Mavzuga oid
13:40 / 31.01.2026
Toshkent va Farg‘ona savdo xizmatlarida yuqori ko‘rsatkich qayd etdi
09:31 / 28.01.2026
Xitoy va Rossiya yetakchi: O‘zbekiston tashqi savdosida top-10 hamkor
16:00 / 26.01.2026
2025 yilda umumiy ovqatlanish korxonalari aylanmasi sezilarli ko‘paydi
14:34 / 20.01.2026