Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: Putin SSSR tiklanishini xohlaydi
Foto: AP
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan faqat «kuch pozitsiyasidan» foydalangan holda gaplashish mumkin. Bu haqda u Fox News’ga intervyuda aytib o‘tdi.
Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti ma'muriyati «Putin xavfli ekanini» tushunmoqda.
«U (Putin) Rossiya imperiyasi, sovet ittifoqi uyg‘onishi, qayta tiklanishini xohlaydi. Unda o‘z maqsadlariga erishish uchun yengib bo‘lmas chegaralar yo‘q», - dedi Poroshenko.
Shuningdek, Poroshenko Putin bilan telefon orqali suhbatlashishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinish haqida gapirdi.
Ukraina yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi marta u Putinga 25 noyabr kuni qo‘ng‘iroq qilishga uringan.
«Men unga «nima bo‘lyapti?» deb so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qildim, u javob bermadi», - dedi Poroshenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Putinda, ehtimol, «aytish uchun hech narsa» bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Donbassdagi falokat va Rossiya tanklari soni haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
09:09 / 22.04.2026
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
20:59 / 21.04.2026
Bonya propagandachilarga qarshi. Nimalar bo‘lmoqda?
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
10:36 / 17.04.2026