Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning BMT Boş assambleyasidagi munozaralar vaqtida ma'lum qilişiça, otişmalar tufayli zarar yetişi mumkin bölgan ehtimoliy xavfli obektlar Donbassdagi tutaş çiziqda joylaşgan. Prezidentning sözlari UNIAN tomonidan keltirildi.
Poroşenkoning ta'kidlaşiça, Donbassdagi tutaş çiziqda «bir qator ehtimoliy xavfli obektlar mavjud». Biroq, u gap aynan qanday obektlar haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.
«Muntazam otişmalar tufayli uşbu obektlar ekologik va texnogen falokat markaziga aylanişi mumkin», - deya qayd etib ötdi Poroşenko.
Şuningdek, Pyotr Poroşenkoning ma'lum qilişiça, Donbassda «Rossiyaning qurollangan tuzilmalari» 496ta tankka ega.
Uning sözlariga köra, bunday sondagi tanklar Germaniya, Fransiya, Ispaniya yoki Italiyadagi xuddi şunday jangovar maşinalar miqdoridan köpdir. Poroşenkoning ta'kidlaşiça, Ukraina bu kuçlarni uşlab turibdi va şuning uçun «ozodlik hamda demokratiya»ni himoya qilayotgan, «NATOning haqiqiy şarqiy qanoti» hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Rossiyani SSSRning «ikkinçi versiyasi»ni yaratişga urinişda ayblagandi.

















