Jahon | 14:10 / 24.02.2019
4739
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada avtobusning minada portlashi natijasida 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

Suriya shimolidagi Homa viloyatida joylashgan Vodiy al Azib qishlog‘ida avtobusning minada portlashi natijasida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Suriya davlat televideniyesi xabar qildi.

"Islom davlati" terrorchilari o‘rnatgan mina portlashi natijasida 24 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Ishchilar joylashgan avtobus Vodiy al Azib hududida minaga duch kelgan", -deyiladi Syria TV xabarida.

Suriyada bunday holatlar tez-tez yuz beradi: terrorchilar aholi maskanlarini tark etayotib portlovchi qurilmalar joylashtirib ketishadi.

Avvalroq Suriyada terrorchilar guruhi hukumatga taslim bo‘lishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid