Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. «Fiorentina»ni «Inter» ham yenga olmadi
Oxirgi marta 2018 yilning 26 dekabrida «Parma»ga yutqazgan (0:1) «Fiorentina» mag‘lubiyatsiz seriyasini hamon davom ettirmoqda. Florensiyaliklar A Seriyaning 25-turida «Inter» bilan irodali durang qayd etishdi.
«Artemio Franki» stadionidagi bahsning 1-daqiqasidayoq «neradzurri» himoyachisi Stefan de Vrey o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ammo oradan besh daqiqa o‘tib, yarimhimoyachi Matias Vesino jamoadoshining bu xatosini o‘nglab, hisobni tenglashtirdi – 1:1. 40-daqiqada Politano gol urib, «Inter»ning hisobdagi ustunlik bilan tanaffusga yo‘l olishi ta'minladi. 52-daqiqada Perishich mehmonlarning ustunligini yana oshirdi – 1:3. Ammo «Inter» ushbu g‘alabani saqlab qola olmadi: 74-daqiqada florensiyaliklar hujumchisi Luis Muriel farqni qisqartirgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan 11-daqiqada Jordan Veretu hisobni tenglashtirdi – 3:3.
Ushbu durangdan so‘ng hamshaharlar «Inter» va «Milan» o‘rtasidagi farq 2 ochkoga qisqardi: Spalletti jamoasi uchinchi, Gattuzo jamoasi to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. «Fiorentina» esa yangi yildan keyingi barcha musobaqalar doirasidagi 8-o‘yinida ham mag‘lubiyatga uchramadi, jamoa bu bahslarda to‘rttadan durang va g‘alaba qayd etdi. A Seriya jadvalida Stefano Pioli shogirdlari 9-o‘rinda borishmoqda.
Italiya chempionati, 25-tur
Fiorentina – Inter 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 1:0 – 1, avtogol de Vrey, 1:1 – 6 Vesino, 1:2 – 40 Politano, 1:3 – 52, penalti Perishich, 2:3 – 74 Muriel, 3:3 – 90+11, penalti Veretu.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Dalbert (Asamoa, 62), Vesino, Brozovich, Politano (Kandreva, 77), Nainggolan (Valero, 89), Perishich, Martines.
Ogohlantirishlar: Nainggolan (57), Shkrinyar (64), Politano (71), Lafon (87), Brozovich (89), Dabo (90+12).
Mavzuga oid
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:16 / 25.02.2026
«Budyo-Glimt» ertagi davom etadi. YeChL kashfiyotini yoqtirib qolish uchun 5 sabab
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
14:09 / 09.02.2026