Jahon | 15:07 / 25.02.2019
21367
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Bakiyev oilasi o‘margan 4,6 mln dollarni Qirg‘izistonga qaytaradi

Qurmanbek Bakiyev/Foto: REUTERS

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari, elchi Elis Uells 25-28 fevral kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek va O‘zbekiston poytaxti Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bishkekda elchi Uells hukumatning yuqori lavozimli mulozimlari bilan uchrashadi hamda talabalar va o‘qituvchilar bilan ko‘rishish uchun Markaziy Osiyodagi Amerika universitetiga boradi. 

Shuningdek, u sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev oilasi o‘margan 4,6 million dollar mablag‘ni qirg‘iz xalqiga qaytarish bo‘yicha hukumatlar olib borayotgan muvaffaqiyatli qo‘shma sa'y-harakatlar mavzusida Qirg‘iziston Respublikasi moliya vaziri Baktigul Jyeyenbayeva bilan bo‘ladigan ommaviy tadbirda qatnashadi.   

Elis Uells
Foto: AP

Shundan so‘ng, davlat kotibi yordamchisi birinchi o‘rinbosari Uells Toshkentga otlanib, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan birgalikda AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazish maqsadida AQSh hukumati idoralararo delegatsiyasiga boshchilik qiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid