Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubaliklar konstitutsiyaga qo‘shimchalarni ma'qulladi
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Kuba aholisi mamlakatning yangi asosiy qonuni qabul qilinishini ma'qulladi. Yangi matn uchun 6,81 million kishi ovoz berdi, bu saylovchilarning 73,3 foizini tashkil etadi. 7,6%, ya'ni taxminan 700 ming kishi qarshi chiqdi.
Ovoz berishda 7,8 million odam ishtirok etdi - elektoratning 84,4 foizi.
Konstitutsiyaning hozirgi o‘zgarishi qariyb 40 yillik davrda Kuba asosiy qonunini birinchi marta keng miqyosda qayta ko‘rib chiqishdir. Biroq, bundan avval kichik o‘zgarishlar ham qilingan. Masalan, 2002 yilda 1976 yilda qabul qilingan hujjat tahriri uchinchi moddasiga Kuba «hech qachon kapitalizmga qaytmasligi» va sotsialistik davlat sifatida saqlanib qolinishi haqidagi xatboshi kiritildi.
Hozirgi islohotlarni ishlab chiqish 2013 yilda boshlandi va Migel Dias-Kanelning hokimiyat tepasiga kelishi bilan tezlashdi. O‘tgan yilning aprelida u Raul Kastro o‘rnini Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi lavozimida almashtirdi.
Yangi Konstitutsiyani qabul qilish bilan mamlakatni boshqarish tizimi o‘zgaradi - prezident va bosh vazir lavozimlari ta'sis etiladi. Hozir bu lavozimlar rasman birlashtirilgan va Davlat kengashi hamda Vazirlar kengashi raisi davlat rahbari hisoblanadi. Prezidentning vakolat muddati ikkita besh yillik muddat bilan cheklanadi. Prezidentni Milliy yig‘ilish (parlament) deputatlari saylaydi.
Bosh vazir qanday tasdiqlanishi taqdim etilgan matndan hozircha noma'lum bo‘lib turibdi. Kuba zamonaviy tarixida bosh vazir lavozimi bo‘lgan, uni 1959 yildan 1976 yilgacha Fidel Kastro egallagan.
Asosiy qonunning siyosiy blokida «jamiyatning asosiy yo‘naltiruvchi kuchi» sifatida Kommunistik partiya haqidagi eslatma saqlanib qoladi.
Muhim o‘zgarishlar Konstitutsiyaning «iqtisodiy» moddalariga kiritiladi. Unda «erkin bozor va mulkchilikning yangi shakllari, shu jumladan, xususiy mulk»ni tan oluvchi band paydo bo‘ladi, lekin asosiy ishlab chiqarish vositalari hamda iqtisodiyotni rejalashtirish xarakteriga davlat egalik qilishi bo‘yicha pozitsiya saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
10:10 / 12.06.2026
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
22:15 / 05.06.2026
Tramp Eron masalasi «hal bo‘lgach» Kubadagi rejimni o‘zgartirish rejasini e’lon qildi
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
17:56 / 22.05.2026