Fransiya nashri Samarqand turistik politsiyasi haqida maqola e'lon qildi
Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining Ichki ishlar boshqarmasi qoshida xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘yicha boshqarmalar tuzilgani haqida xabar bergan edik.
Bu boshqarmalarning asosiy maqsadi — turizmning xavfsizlik holati monitoringi, real vaqt rejimida sayyohlarni ehtimoliy tahdidlardan xabardor qilish, ularning huquqlari va huquqiy qiziqishlarini himoyalashdan iboratligi belgilab berilgan.
Samarqand viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘yicha boshqarma ko‘hna shahardagi osori atiqalar hududida yurtimizdan va xorijdan kelgan sayyohlarga ko‘mak berish va ularni himoyalash bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Boshqarmaning egizak xodimlari Fotima va Zuhra Rahmatova ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lib ulgurgan. Fotima Registon maydonida, Zuhra esa Amir Temur maqbarasida faoliyat olib bormoqda.
2019 yilning 17 fevralida Fransiyaning mashhur «Le Monde» gazetasining «Dolzarb» ruknida jurnalist Sharlotta Hevro muallifligida «O‘zbekiston: ertakona boyliklarga ega yangi mamlakatmi?» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilindi. Unda muallif hukumatning turizmni rivojlantirishga yuksak e'tibor berayotgani, O‘zbekistonning turistik salohiyati o‘sib borayotganini ta'riflab, shuningdek Ichki ishlar vazirligi tizimida turistlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yangi boshqarma tuzilganini, xorijlik turistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan Zuhra Rahmatova haqidagi hikoyasi e'lon qilindi.
Samarqand viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘yicha boshqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, O‘zbekistonning ijobiy imijini oshirish, xavfsiz turizmni ta'minlash yuzasidan yana talay bir tashviqot va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024