Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt viloyatda Xavfsiz turizm boshqarmalari tashkil etildi
Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIB qoshida xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘yicha boshqarmalar tuzildi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Ushbu boshqarmalar boshliqlari viloyat IIB boshliq o‘rinbosarlari hisoblanadi. U yerda xorijiy tillarni biluvchi xodimlar faoliyat yuritadi.
Shu bilan birga, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBda vaziyat markazlari ishga tushadi. Bu markazlar turizmning xavfsizlik holati monitoringi, real vaqt rejimida sayyohlarni salohiyatli tahdidlardan xabardor qilish, ularning huquqlari va huquqiy qiziqishlarini himoyalash bilan shug‘ullanadi.
Hozirda Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzning transport infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish obektlarida plakatlar, belgilar va ko‘rsatkichlar o‘rnatilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026